12 yoshli Aleks Miller Firefox brauzeridan xato topgani uchun 3
000 AQSh dollari bilan mukofotlandi.
Mozilla o‘z brauzerida
kamchilik topganlar uchun mukofot e'lon qilganidan so‘ng Aleks shu
yo‘nalishda o‘z izlanishlarini olib bordi. Qariyb 10 kun davomida bir
yarim soatdan xatoliklarni qidirgan yosh vunderkind xotira bilan ishlash
tizimida xato topdi va bu haqda Mozillaga ma'lumot jo‘natdi.
|